160 o‘ringa mo‘ljallangan markaz 1986-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan nogironligi bor shaxslar istiqomat qiladi.
Monitoringda ushbu muassasada yashovchi shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, kutubxona, uchrashuv xonasi holati, isitish tizimi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sifati hamda taom tayyorlash joyining sanitariya va gigiyena talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Aniqlanishicha, markazda yashovchi shaxslarning madaniy dam olishlari uchun alohida maʼnaviyat xonasi ajratilgan. Shuningdek, tikuvchilik, rassomchilik, kosibchilik, duradgorlik bo‘yicha mehnat xonalari ham tashkil etilgan.
Shu bilan bir qatorda, markazda yashayotgan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman taʼsir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati