Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihada ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida joriy yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.

Har bir fuqaroni 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni bildirishda faollikka chaqiramiz.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati