Monitoringda mahbuslarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joyi, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, saylgohlar hamda kameralardagi isitish tizimi holati o‘rganildi. Monitoring davomida tibbiyot bo‘limiga yangi rentgen apparati o‘rnatilgani maʼlum bo‘ldi.
Ombudsman tashabbusi bilan kutubxonaga 50ga yaqin badiiy kitoblar taqdim etildi.
Shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakili mazkur hibsxonada saqlanayotgan 130 nafarga yaqin mahkumlar bilan jamoaviy tartibda hamda 7 nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlashilib, ularning hibsxona haqidagi fikrlari o‘rganildi va murojaatlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, hibsxona hududiga o‘rnatilgan “Ombudsman qutisi”ga kelib tushgan murojaatlar qabul qilinib, 5 nafar ariza mualliflari bilan ham yakka tartibda uchrashilib, murojaatlari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlar olindi.
Taklif va tavsiyalar asosida Ombudsman taʼsir chorasi shaklidagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar Oliy Majlis palatalariga taqdim etib kelinmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati