Yig‘ilishda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari Ombudsmanlari ishtirok etib, Assotsiatsiyaning taʼsis etilishi turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdilar.
Tadbir doirasida Assotsiatsiyaning 2025 yilga mo‘ljallangan faoliyati muhokama qilindi va kelgusidagi harakatlar rejasi kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari va Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar assotsiatsiyasi 2022 yil 13 may kuni Turkiyaning Bursa shahrida taʼsis etilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati