Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi
11 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro K.L. ijtimoiy yordam olish bo‘yicha oferta shartnomasini imzolash va undagi ayrim so‘zlarga o‘zgartirish kiritishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Sirdaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
10 Iyu
Joriy yilning 7 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili 8-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha onlayn platforma
10 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari ishtirokida har haftalik ish faoliyatlaridan kelib chiqib, murojaatlar tahlili, malaka oshirish, haftalik rejalarni belgilash bo‘yicha tizimli ravishda onlayn seminarlar o‘tkazilmoqda. Unda Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari ham ishtirok etishadi.
Chekka hududlarda «Ombudsman maktab»lari va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
07 Iyu
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan yuborilayotgan murojaatlar soni nisbatan ko‘pligi sababli Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili navbatdagi sayyor qabullari aynan ushbu hududdagi “Taroqli” va “Kattabog‘” mahallalarida o‘tkazildi. Unda fuqarolar ish bilan taʼminlash, uy-joy, tibbiy yordam olish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasidagi navbatdagi ochiq muloqot tafsilotlari
06 Iyu
Maʼlumki, 3 yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda inson huquqlarini taʼminlashda davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Bemor mahkum holidan xabar olindi - Ombudsman 
06 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirgan tashriflaridan birida 20-son koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgani haqida xabar topib, shu kunning o‘zida mahkum N.U. ning holidan xabar oldi.
Harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash – parlamentning doimiy nazoratida
05 Iyu
Keyingi yillarda mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarning va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Inson huquqlarini taʼminlash borasida O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligi mustahkamlanmoqda
04 Iyu
2024-yilning 4-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiyeti Qonun ustuvorligi markazi eksperti, Finlyandiya Adliya konsleri o‘rinbosari Mikko Puumalaynen bilan uchrashdi.
2 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan mahkumaga berilgan jazo uy qamog‘iga almashtirildi
04 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A. Xuseynova 4-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirgan monitoring tashrifida ushbu muassasada saqlanayotgan ayol murojaati yakka tartibda qabul qilingan edi.