Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ostonada “Huquq orqali tinchlik va kelajak” xalqaro forumida O‘zbekiston Ombudsmani ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Qozog‘istonning Ostona shahrida tashrifi doirasida 12 sentyabr kuni “Huquq orqali tinchlik va kelajak" xalqaro forumida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir Qozog‘iston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan tashkil etildi. Forumda Yevropaning, Osiyoning va Afrikaning 15 mamlakati konstitutsiyaviy nazorat organlari rahbarlari va sudyalari, ombudsmanlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi huquqshunos olimlar hamda Qozog‘istonning davlat idoralari va advokatura tizimi rahbarlari qatnashdilar.

Forum doirasida konstitutsiyaviy adolatning tinchlik va barqaror taraqqiyotga xizmat qilishi, inson huquqlarini taʼminlashda konstitutsiyaviy nazoratning roli, qonun ustuvorligini mustahkamlashda xalqaro hamkorlik ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati