Mazkur holat avgust oyining oxirlarida olingan xabarlarga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilganligi maʼlum qilinadi.
Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni joyiga chiqib xabarda qayd etilgan fuqaro bilan suhbatlashib o‘rgangan. Xabar asosida ishga oid to‘plangan maʼlumotlar asosida Namangan viloyati IIB hamda Namangan shahar prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati kiritilgan.
Ombudsmanga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati Chust tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektori mayor D.B. xizmat vazifasiga eʼtiborsiz va bepisandlik bilan yondashib, o‘z xizmat hududiga hech bir sababsiz bormasdan, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy va xizmat intizomi kodeksi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun lavozimidan bo‘shatilgan. Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani maʼlum qilingan.
Ushbu holat kuni kecha qator ommaviy axborot vositalarida yoritilgani munosabati bilan, mazkur ish Ombudsman nazoratida ekanini, qiynoqqa oid har bir murojaat va xabar darhol o‘rganilishi maʼlum qilinadi.
Tergov harakatlari yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati