Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman monitoringidan so‘ng Andijondagi vaqtincha saqlash hibsxonasining 6 nafar xodimiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi
06 Avg
2025 yilning mart oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarni o‘rganib, qator kamchiliklarni aniqlagan edi. Jumladan, hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik taʼminotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan.
Ombudsman taqdimnomasidan so’ng  Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi uchun 1,67 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi
04 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan 2024 yilda Olmazor tumanida joylashgan Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi. Vazirlik Ombudsman taqdimnomasiga javoban Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasining nazorat rejasi ishlab chiqilib, kamchiliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini maʼlum qilan edi.
Namangan viloyatida qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
01 Avg
2025 yilning 31 iyul va 1 avgust kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Ombudsman Devoni xodimlari tomonidan Namangan viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida murojaatlar tahlili asosida “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi
01 Avg
2025 yil 1 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Ombudsmanning navbatdagi qabuli: fuqarolar murojaatlari tinglandi
31 Iyu
2025 yil 31 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlari sohasidagi hamkorlik: O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladi
30 Iyu
2025 yil 30 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni binosida “Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari jazoni ijro etish muassasasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi
30 Iyu
2025 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasida monitoring tashrifini amalga oshirdi.
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
29 Iyu
2025 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Andijon viloyatidagi hibsxonalarda va maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qilishdi?
24 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Jasur Ibroximov 2025 yil iyul oyi davomida viloyatdagi qator hibsxonalarda monitoring tashrifini amalga oshirdi va sayyor qabul o‘tkazdi.