Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” Maktablarda “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
08 May
Toshkent shahridagi 339-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 1-sonli, Andijon shahridagi 43-sonli, Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 29-sonli hamda Sherobod tumanidagi 1-sonli davlat umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ombudsman soat”lari tashkil etildi.
Navoiydagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalardagi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
07 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Viloyatdagi 4-, 5-, 11- va 12-sonli jazoni ijro etish koloniyalarida saqlanuvchi 3 mingdan ortiq mahkumlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Sobiq mahkum ishga joylashtirildi-Ombudsman
06 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan sobiq mahkum D.O. ishga joylashtirish va yotoq joy bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Ombudsman Jizzax viloyatidagi fuqarolar bilan uchrashib, ular murojaatlarini o‘rgandi
03 May
Xabaringiz bor, 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillar mobaynida ushbu tajriba yana-da takomillashtirilib, loyiha doirasida Ombudsman sayyor qabuli, fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkalari, fuqarolarga huquqiy yordam va davlat mobil xizmatlar ko‘rsatish amaliyotlari joriy qilindi. Muhimi, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili asosida mavzular tanlanib, aholining huquqiy xabardorligi oshirildi. Fuqarolar mamlakatimizda yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishtirilib, tegishli davlat tashkilotlari vakillariga murojaat qilishlari uchun platforma yaratildi.
Ombudsman boshchiligida Jizzaxdagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigann  yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
02 May
Davlat rahbarining 2021-yil 26-iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi: inson huquqlari-oliy qadriyat
02 May
O‘zbekiston xalqi, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlat, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish masʼuliyatini olgan. Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasiga muhrlangan ushbu satrlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub asosini tashkil etadi.
Ish haqini ololmayotgan sobiq qoravul Ombudsmanga murojaat qildi
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro T.I. ish beruvchidan oylik maoshlarini undirilishi bo‘yicha murojaat qildi.
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi: amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar
30 Apr
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi: amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ombudsmanning fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi
30 Apr
2024 yilning 30 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.