Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasi g‘oliblari taqdirlandi
2025 yil 24 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis Senati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining yakuniy II bosqichi o‘tkazildi. Mazkur viktorina 3 dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni va 10 dekabr — Inson huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 90 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) 21 ming nafardan ortiq o‘quvchilar taʼlim-tarbiya oladi.

Loyihaning asosiy maqsadi — bolalarda huquqiy bilimlarini kengaytirib, huquqiy ongni shakllantirish, ularning o‘z huquqlarini anglash va hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

2 bosqichdan iborat ushbu Viktorinada Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun maktab-internatlarining 90 nafarga yaqin o‘quvchilari qamrab olingan. Xususan, Angren shahridagi 34-sonli va Qo‘qon shahridagi 9-sonli va Olmazor tumanidagi 100-sonli tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun maktab-internatlari o‘quvchilari viktorinaning 1-bosqichida ishtirok etishgan.

Ombudsman viktorinaning yakuniy bosqichida hududlardan eng yuqori ball to‘plagan 9-11 sinf o‘quvchilarining 9 nafari ishtirok etdi.

Yakuniy bosqichda ishtirokchilarning huquqiy bilim va tahlil qilish ko‘nikmalarini baholash maqsadida har bir sinf kesimida alohida savollar tayyorlandi. Savol va kazuslar o‘quvchilarning yoshi va o‘quv dasturiga mos holda ishlab chiqilib, ularning huquqiy xabardorligi, mantiqiy fikrlashi va hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati baholandi.

Shundan so‘ng hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan berilgan ballar asosida aniqlangan g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

9-sinf o‘quvchilari orasida:

1-o‘rin — Murodov Ozodbek  Qo‘qon shahridagi 9-sonli maktab-internati o‘quvchisi

2-o‘rin — Raxmatjonova Sevinch Angren shahridagi 34-sonli maktab-internati o‘quvchisi

3-o‘rin — Irkenov G‘iyos Toshkent shahar 100-sonli maktab-internati o‘quvchisi


10-sinf o‘quvchilari orasida:

1-o‘rin — Ikromova Munazzifa Qo‘qon shahridagi 9-sonli maktab-internati o‘quvchisi

2-o‘rin — Abdusamiyev Dilshodbek Toshkent shahar 100-sonli maktab-internati o‘quvchisi

3-o‘rin — Mamadjonova Sabrina Angren shahridagi 34-sonli maktab-internati o‘quvchisi

 

11-sinf o‘quvchilari orasida:

1-o‘rin — Abobakirova Muslimaxon Qo‘qon shahridagi 9-sonli maktab-internati o‘quvchisi

2-o‘rin — To‘g‘aymurodova Mujizaxon Toshkent shahar 100-sonli maktab-internati o‘quvchisi

3-o‘rin — Saydazimova Kamola Angren shahridagi 34-sonli maktab-internati o‘quvchisi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati