Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: navbatdagi monitoring Xorazmdagi penitensiar muassasalarda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Honqa, Bog‘ot va Xazorasp tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorkhonalar), Xazorasp tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi, Urganch shahridagi Reabilitatsiya qilish markazi, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona hamda 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Monitoring tashriflari davomida yopiq muassasalarning videokuzatuv tizimi, navbatchilik hujjatlari, tibbiyot xonalari va dori-darmon bilan ta’minlanganlik hamda sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimining mavsumga tayyorligi, ovqatlar sifati va miqdori masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, saqlanayotgan shaxslar bilan holi va jamoaviy tarzda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, 11-son tergov hibsxonasida Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan sayyor qabul ham o‘tkazilib, mahbuslar murojaatlari holi tarzda qabul qilindi.

Tekshiruv jarayonlarida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha ta’sir choralarini ko‘rish shaklidagi hujjatlar kiritilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflari yakuni yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar, jumladan monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)