Xususan, monitoring tashriflari Samarqand viloyatidagi 7-son tergov hibsxonasi, 37-son manzil-koloniya hamda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasining vaqtincha saqlash hibsxonasida o‘tkazildi.
Monitoring tashriflari chog‘ida yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari, ovqatlanishni tashkil etish holati hamda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari o’rganildi. Shuningdek, kameralar holati, videokuzatuv tizimlari, shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari, jumladan, muassasaga qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan protsessual harakatlar hamda tibbiy xonalarining sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi.
Monitoring jarayonida “Ombudsman qutilari” orqali kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi, muassasalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, mahkum va mahbuslar murojaatlari eshitildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati






