Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning fuqarolar qabulida 50ga yaqin murojaat nazoratga olindi
30 Okt
2024 yilning 30 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Furqat tumanlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
29 Okt
Joriy yilning 29-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan "Ombudsman maktabi" loyihasi doirasida O‘zbekiston va Furqat tumanlarida fuqarolar uchun tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston tumanidagi "Qirq ketmon", “Shakarobod”, “Qo‘rg‘oncha”, “Shodlik”, "Bog‘i Eram", “Qulibek” MFYlari va Yaypan shaharchasi hamda Furqat tumanidagi “Ardaxshon”, “Eski”, “G‘uncha”, “Navbaxor”, "Katta yangi" va “Kalnishon” mahallarida yashovchi qariyb 300 nafar aholi qamrab olindi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarbayjon Ombudsmanlari talabalar bilan uchrashdi
28 Okt
2024-yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarbayjon Ombudsmanlari ishtirok etib, har ikki davlat Ombudsmanlari talabalarga inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘z tajribalari, xalqaro hamkorlik hamda inson huquqlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot berishdi.
O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon Ombudsmanlari inson huquqlarining ta’minlanishi borasida fikr almashishdi
28 Okt
2024-yilning 28-oktabr kuni poytaxtimizda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Bosh Ombudsmani Sheref Malkoch hamda Ozarbayjon Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Sabina Aliyevalar bilan uchrashdi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va bolalarga qaratilgan jinoyatlarni tasniflash: samarali hamkorlik va muloqot yo‘llari
24 Okt
2024-yilning 21-23 oktabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar hamda bolalarga qaratilgan jinoyatlarni tasniflash va ular bilan samarali hamkorlik va muloqot qilish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Ombudsman to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi
23 Okt
2024 yilning 23 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni muhokama qilindi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Navoiydagi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
22 Okt
2024-yilning 18 va 22 oktabr kunlari Navoiy viloyatining Karmana tumani va Navoiy shaxrida yashovchi aholi tomonidan ko‘tariladigan masalalarga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda “Hayot”, “Istiqlol”, “Guliston”, “Binokor”, “Yangiariq”, “Janubiy”, “Azamat”, “Durman”, “Qaxramon”, “Kumushkon”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Do‘stlik” mahallalarida yashovchi fuqarolar qamrab olindi.
Aliment to‘lamaslikning oqibati jinoiy javobgarlik bilan tugashi mumkin-Ombudsman
22 Okt
Ta’kidlash lozimki, 2024-yilning 9 oyi davomida Ombudsmanga aliment undirish bo‘yicha 370 ta murojaat kelib tushgan. Ular soni 2023-yilning shu davriga nisbatan 23,3 foizga oshgan.
Ombudsmanga Surxondaryodan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilmoqda?
21 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, aholining huquqiy xabardorligi oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar tanlab olindi. Viloyatdan yuborilgan murojaatlarning aksariyati pensiya, kadastr va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq bo‘lgani sababli navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri ushbu mavzuga bag‘ishlandi.