Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv tafsilotlari
19 Sen
2023 yilning 19 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ofisida BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Gayne bilan uchrashuv tashkil etildi.
Buxoro tumanidagi fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshirildi
19 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xorazmdagi 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
18 Sen
2023 yilning 18 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Murojaatchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Ombudsman mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda
18 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) muntazam ravishda o‘z faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ish samaradorligini oshirish, murojaatchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida ishlab keladi. Shu maqsadda, ombudsman.uz sayti orqali Ombudsmanga elektron murojaat yuborish imkoniyati yaratilgan va bu xizmat test rejimida ishlamoqda.
Ish faoliyatida qarshiliklarga uchrayotgan yolg‘iz onaga himoya orderi berildi - Ombudsman
18 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan fuqaro A.J. ish joyida unga nisbatan yomon munosabatda bo‘linayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsmanga Sirdaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayol murojaat qildi
14 Sen
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi 8-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifida sudlanuvchi P.M. qilgan jinoyatidan qattiq pushaymon ekanligini bildirgan. Shuningdek, u qizi shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishi kerakligi, lekin, oilasi moddiy jihatdan qiynalayotgani sababli yordam so‘rab murojaat qoldirgan edi.
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olinganlarning saqlash sharoitlari o‘rganildi
13 Sen
2023 yilning 13 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov Viloyatdagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Namanganda
13 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsman Navoiyda fuqarolar qabulini o‘tkazdi
13 Sen
Joriy yilning 8 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatida sayyor qabuli tashkil etildi.