Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman xususiy korxonalarda ishga jalb qilingan mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nafaqat jazoni ijro etish muassasalarida, balki mahkumlar ishga jalb etilgan xususiy tadbirkorlik subyektlaridagi sharoitlarni ham o‘rganmoqda.

Ana shunday tashriflardan biri 2025 yil 18 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan 43-Manzil-koloniyasining Toshkent shahrida joylashgan 3 ta shartnoma obyektlarida o‘tkazildi.

Ombudsman Kotibiyati xodimlari 201 nafar mahkum mehnat qilayotgan Toshkent shahridagi 3 ta MCHJdagi yashash, ovqatlanish, mehnatga jalb etilish, yuvinish xonalari, yaqin qarindoshlari bilan qisqa va uzoq muddatli uchrashuv xonalari, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, mahkumlar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va mulohazalari eshitildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, ayrim korxonalarda aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati