Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tojikistondagi Inson huquqlari maktabida O‘zbekiston Ombudsmani vakili ishtirok etdi
2025 yil 15-18 iyul kunlari Tojikistonning Guliston shahrida “Inson huquqlari bo‘yicha yozgi maktab” tashkil etildi. Ushbu xalqaro tadbir Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni tomonidan YEXHTning Dushanbedagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida tashkil etildi.

Mazkur yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan yozgi maktabda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimi ham ishtirok etdi.

Yozgi maktabda inson huquqlarining tarixi va falsafiy asoslari, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ayollar huquqlari, milliy va xalqaro himoya mexanizmlari, raqamli huquqlar va sunʼiy intellekt bilan bog‘liq muammolar hamda “2050 – Kelajak huquqlari deklaratsiyasi” mavzusidagi taqdimotlar qamrab olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati