Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yil davomida Pop tumanidagi koloniyada 300 nafardan ortiq mahkum kasb-hunarga o‘rgatildi
30 Dek
O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.
Ombudsman 2023 yil hisobidan oxirgi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
29 Dek
2023 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman faoliyati ilmiy jihatdan kuchaytiriladi: Vakil huzurida Ilmiy-maslahat kengashi tuzildi
28 Dek
Maʼlumki, inson huquqlari himoyasiga oid yechimini kutayotgan muammolar aynan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha kundalik amaliyotda, monitoring tashriflari va o‘rganishlarida yuzaga chiqadi. Ushbu holatlarni chuqur ilmiy tahlil qilish va xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik takliflarini ishlab chiqish Ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Ombudsman to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan ota-ona o‘rniga taʼlim xarajatlarini qoplayotgan farzandlarga ham soliq imtiyozi qo‘llanilishini taklif qilmoqda
27 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqarolardan kelayotgan murojaatlar muntazam tahlil qilib boriladi. Ularda ko‘tarilgan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish maqsadida Ombudsman tomonidan takliflar ishlab chiqiladi.
Navoiyda o‘z joniga qasd qilgan mahkum haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda
26 Dek
OAVda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 25 dekabr kuni soat 14:40larda 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda mahkum choyshabdan sirtmoq yasab, kamera derazasiga o‘rnatilgan temir panjaraga o‘zini osishi oqibatida vafot etgani qayd etilgan.
Ombudsman boshchiligida penitensiar muassasalariga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarini rejalashtirish va o‘tkazish metodologiyasi
26 Dek
2023 yilning 25-26 dekabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida penitensiar muassasalariga monitoring tashriflarini rejalashtirish va o‘tkazish metodologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Sirdaryodagi Maxsus qabulxona sharoitlari o‘rganildi
22 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Mirzaobod tumanidagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Samarqanddagi hushyorxonalarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha vazirlikka Ombudsman taqdimnomasi kiritildi 
21 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tumanlararo (Urgut, Toyloq, Ishtixon, Paxtachi, Payariq, Bulung‘ur tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri) punktlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Navoiyda tashkil etilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri ushbu hududdan yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga bag‘ishlandi
19 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.