Xalqaro konferensiya Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashabbusi bilan tashkil etildi hamda unda xalqaro tashkilotlar, ombudsmanlar, konstitutsiyaviy sudlar rahbarlari, olim va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Tadbirning ochilish qismida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi. Tadbirning “Konstitutsion qadriyatlar va inson huquqlari: global tendensiyalar va chaqiriqlar” mavzusidagi ilk sho‘ba sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham maʼruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va ularning amaliy natijalariga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, tadbirda Albaniya, Bahrayn, Gruziya, Moldova, Pokiston Tailand, Turkiya, Qirg‘iz va Qozog‘iston kabi davlatlar vakillari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha turli davlatlar tajribasini o‘rganish va ularni qiyosiy tahlil qilish konferensiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari inson huquqlarini taʼminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda davlat suverenitetini himoya qilish borasidagi xalqaro amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






