Loyiha tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar huquqlarini ta’minlashga doir amaldagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, konstitutsiyaviy kafolatlarni amaliyotda yanada samarali tatbiq etish hamda milliy qonunchilikni ilg‘or xalqaro tajribalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Loyihani tayyorlash jarayonida Ombudsman instituti o‘tkazgan monitoring tashriflari natijalari va mahbuslar murojaatlari o‘rganilib, mavjud tartib-qoidalar tahlil qilindi. Shunga muvofiq, tergov hibsxonalaridagi ayrim amaliyotlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni xalqaro inson huquqlari mezonlariga moslashtirish bo‘yicha normalar taklif etildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda AQSh, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Germaniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Rossiya va Qozog‘iston kabi bir qator davlatlar tajribasi o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






