Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Qashqadaryo viloyatining Muborak, Qamashi va Koson tumanlaridagi 1, 2, 6, 7, 63, 100-sonli umumta’lim maktablar hamda Politehnikumda, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 7, 48 va 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Erkin muloqot shaklida o‘tgan darslarda video darsliklar va interaktiv usullardan keng foydalanildi. Ularda inson huquq va erkinliklari, bolalar huquqlari, internet va axborot xavfsizligi, Ombudsman faoliyati hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalari tushuntirildi. “Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” mavzusida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Atrof-muhitni asrash va inson huquqlari o‘zaro bog‘liq ekani hayotiy misollar orqali yoritildi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘z huquq va majburiyatlari haqida kengroq ko‘nikmaga ega bo‘lishlariga zamin yaratmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






