Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasi: Issiq kunlarda mahkum va mahbuslarga qanday sharoitlar yaratilgan?
04 Iyu
2024 yilning 3 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili J.Valiyev Namangan viloyatidagi 6-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini samarali bajarayotgani eʼtirof etildi
04 Iyu
O‘zbekiston tashqi siyosatida milliy manfaatlardan kelib chiqib, nafaqat xorijiy davlatlar, balki yirik xalqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy viloyatidagi mahkumlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi 4,5,11,12 jazoni ijro etish koloniyalari va 36-son Manzil koloniyada 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan konsert dasturlari va turli sport mashg‘ulotlari uyushtirildi.
Sirdaryoda navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi
03 Iyu
2024 yilning 28 iyun kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 1-sonli umumiy umumtaʼlim maktabida navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbir o‘tkazildi. Unda “Do‘stlik”, “Tinchlik”, “Istiqlol” mahallalari aholisi qamrab olindi.
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
02 Iyu
Joriy yilning 2-iyul kuni Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Xorazmning Urganch tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida sayyor qabul va tibbiy ko‘rik tashkil etildi
02 Iyu
2024 yil 28 iyun kuni Xorazm viloyati Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i “Turkmanlar” mahallasida joylashgan “O‘zbek-Turkman” do‘stlik uyida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch tumanidagi “Turkmanlar”, “Xojiboylar”, “Oq maktab”, “Shoxidonlar”, “Adolat” mahallalarida yashovchi aholi qamrab olindi.
Toshkentdagi Narkologiya binosi ancha eskirganligi maʼlum bo‘ldi
01 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahri mintaqaviy vakili B.Masharipov 2024 yilning 24 iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman Sankt-Peterburgdagi yurtdoshlarimiz murojaatlarini  o‘rgandi
29 Iyu
2024 yilning 28 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Sankt-Peterburg shahriga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston, Rossiya va Venesuela Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
28 Iyu
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsma) F.Eshmatova 2024-yilning 27-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.