Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026 yil 15 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar murojaatlarida turar joy hamda mulk huquqi, mansabdor shaxslar harakatidan norozilik, shuningdek tergov jarayonlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Fuqarolar murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga olinib, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati