Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari Assotsiatsiyasining ishchi yig‘ilishida ishtirok etdi
15 Yan
2025 yil 15 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari va Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar assotsiatsiyasining navbatdagi ishchi yig‘ilishida onlayn tarzda ishtirok etdi.
Qashqadaryodagi vaqtincha saqlash hibsxonalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda - Ombudsman
15 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan 2024 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari hamda maxsus qabulxonalarga monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, unda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi. Xususan, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi, Qarshi va Koson tumanlari ichki ishlar bo‘limlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi kuzatilgandi. Kameralarning taʼmirtalab holatga kelib qolganligi, shu bilan birga tabiiy va sunʼiy yorug‘lik tizimi, sanitariya-gigiyena holati, havo almashtirish tizimi talab darajasida emasligi kabi qator kamchiliklar qayd etildi.
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash sharoitlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi
14 Yan
2025 yilning 8 yanvar kuni Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tomonidan Viloyatdagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirilgan edi.
Ombudsmanga yuborilgan murojaatlar asosida monitoring tashrifi amalga oshirildi
13 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatidagi 4 va 5-son jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan ikki nafar mahkumning yaqin qarindoshlari tomonidan murojaatlar kelib tushdi.
Ijtimoiy himoya tizimida inson huquqlari mexanizmlari
10 Yan
Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparati xodimlari uchun "Ijtimoiy himoya tizimida inson huquqlari mexanizmlari" mavzusida trening o‘tkazildi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
08 Yan
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Namangandagi 6-son tergov hibsxonasidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilmoqda
07 Yan
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili J.Valiyev 6-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Qashqadaryodagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga monitoring tashrifi amalga oshirildi
06 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Yakkabog‘ tumanida joylashgan Qashqadaryo viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda jamoatchilik guruhi vakillari ham ishtirok etdi.
Fuqaroning ijtimoiy huquqi tiklandi
04 Yan
Ombudsmanga murojaat qilgan fuqaro pensiya miqdori to‘g‘ri hisoblanmagani sababli o‘z huquqlarini tiklashni so‘radi. U pensiyasi 920 000 so‘m etib belgilanganini, ammo ish haqi to‘liq hisoblanmagani sababli haqiqiy miqdordan ancha kam mablag‘ olayotganini ta’kidlagan. Fuqaro bu muammo bo‘yicha Zangiota tumani Pensiya bo‘limiga murojaat qilgan, ammo uning murojaati yuzaki o‘rganilib, rad etilgan.