Qabulda bandlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib, ayrim holatlar tegishli tashkilotlar ishtirokida joyida o‘rganildi. Mas’ul idoralar bilan birgalikda ko‘tarilgan masalalarni hal etishning huquqiy va amaliy mexanizmlari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ularga tezkor munosabat bildirish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






