Shu asosda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar jamoatchilikka yetkazildi.
Hududiy telekanallar orqali efirga uzatilgan chiqishlarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari, o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar hamda mas’ul tashkilotlarga kiritilgan ta’sir choralari haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar hamda mas’ul tashkilotlarga kiritilgan Ombudsman ta’sir choralari yuzasidan ham ma’lumot berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






