Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman institutining xalqaro akkreditatsiyasiga oid masalalar muhokama qilindi
2026 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Milliy inson huquqlari institutlarining global alyansi (GANHRI) tomonidan Ombudsman institutining “A” maqomini olish jarayonlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, GANHRI milliy inson huquqlari institutlarini birlashtiruvchi hamda ularning faoliyatini BMT tomonidan qabul qilingan Parij prinsiplari asosida baholovchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Ta’kidlanganidek, 2020 yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati Parij prinsiplari talablariga muvofiqligi yuzasidan baholanib, institutga “B” maqomi berilgan. 2024 yilda esa “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, Ombudsman institutining huquqiy asoslari va vakolatlari yanada mustahkamlandi. 2022 yildan uning hududlardagi mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi raqamlashtirildi.

Muloqot davomida mazkur o‘zgarishlarni inobatga olgan holda Ombudsman institutining xalqaro standartlarga muvofiqligini yanada kuchaytirish, shuningdek, “A” maqomini olish jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan tashkiliy va institutsional chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.