Muloqot davomida Ombudsman instituti va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasida 2025–2026 yillarda mamlakatimizda YEXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash, unda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar Yo‘l xaritasi doirasida belgilangan tadbirlarni samarali tashkil etish, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar asosida amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






