Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
27 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025-yilning iyun oyida Quyichirchiqva Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.
Masʼuliyatsizlik ortidan buzilgan huquqlar: Ombudsman ko‘magi bilan tiklandi
21 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga xizmat vazifasiga bepisand yondoshgan ayrim xodimlar ustidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.
Sirdaryoda mehnat huquqlari tiklandi: 38 million so‘m ish haqi undirildi, noqonuniy jarima bekor qilindi
19 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga mehnat huquqlarining buzilishi bo‘yicha bir necha jamoaviy va yakka tartibda murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlar Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘rganildi.
Hududlarda parlament quyi palatasi deputatlari va Ombudsman mintaqaviy vakillari hamkorligida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
15 Avg
"Ombudsman maktabi" loyihasi doirasida hududlarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda ushbu hududdan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o‘rganishmoqda. Bunday hamkorlik fuqarolarning muammolarini samarali hal etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Navbatdagi tibbiy ko‘rik Samarqand viloyatidagi 37-son manzil-koloniyasida o‘tkazildi
15 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatning Pastdarg‘om tumanida joylashgan 37-son manzil-koloniyasida monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Aliment to‘lash — huquq emas, majburiyat.  Uni orqaga surish — bolaning ehtiyojini inkor etish demakdir.
14 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nomiga yuborilayotgan aliment bilan bog‘liq murojaatlar soni ortib borayotgani tufayli ushbu videorolik tayyorlandi.
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari o‘tkazildi
12 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, 11-son tergov hibsxonasi, Viloyat IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxona, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiali, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali va uning tarkibidagi tibbiy xushyorxonadagi sharoitlar o‘rganildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish mexanizmlari
11 Avg
2025 yil 11 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida “Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish mexanizmlari” mavzusida ikki kunlik seminar boshlandi.
Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan murojaat nazoratga olinib o‘rganilmoqda
09 Avg
2025 yil 8 avgust kuni “antikorruz” telegram kanalida “Farg‘onada navbatdagi adolatsizlik: huquqbuzar xodimlar fuqaroni qo‘rqitishdi” sarlavhasi bilan videomaterial tarqatildi. Unda Farg‘ona shahrida fuqaro A.Yo‘ldashevga nisbatan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qonunga zid xatti-harakatlar qilingani va u buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Ombudsmanga murojaat qilgani qayd etilgan.