Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatchining mulk huquqi tiklandi - Ombudsman
03 Dek
Fuqaro A.G.ga Guliston shahridagi uy-joy qurish uchun ajratilgan “turar” joy toifasiga kiruvchi yer, rasmiylashtirish jarayonida kadastr idorasi tomonidan “noturar” joyga o‘zgartirilgan. Bu o‘zgartish natijasida fuqaro nomiga 9 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Ombudsman va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
02 Dek
2024 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.
“Ombudsman maktabi” doirasida Guliston davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi
30 Noy
2024 yilning 29 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan talaba yoshlar uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida huquqiy bilimlarni oshirish, ularning davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
29 Noy
2024 yilning 29 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda fuqarolar mehnat huquqlarining buzilishi, ijtimoiy yordam olish, uy-joy, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash, sud-huquq, tergov jarayonlari, oilaviy va mulkiy munosabatlarga oid hamda boshqa murojaatlarini qoldirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlatning ishonchli kafolati
28 Noy
2024 yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlatning ishonchli kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qurolli kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari va qator oliy taʼlim muassasalari talabalari ham ishtirok etishdi.
Ombudsman monitoringi: Harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda inson huquqlariga rioya etilishi holatlari o‘rganilmoqda
27 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga navbatdagi monitoring tashriflari amalga oshirildi. Qayd etish lozimki ushbu o‘rganishlar davomida ushbu penitensiar muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”larida qoldirilgan murojaatlar qabul qilinadi.
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
26 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Ombudsman Avstriya Parlamenti vakillari va vatandoshlarimiz bilan uchrashdi
22 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Avstriyada rasmiy tashrif davomida bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Avstriya Parlamentining “Davlat va jamiyat” dialog platformasi boshqarmasi rahbari David Pinxasov va xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari bilan uchrashishdi va Parlament tarixi, ishlash tartibi va tuzilishi bilan tanishdi.
Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra, Sirdaryodagi vaqtincha saqlash hibsxonasidagi kamchiliklar bartaraf etildi
22 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Yangiyer shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH)ga amalga oshirgan monitoring tashrifida qator kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.