Ombudsmanga murojaat qilgan fuqaro pensiya miqdori to‘g‘ri hisoblanmagani sababli o‘z huquqlarini tiklashni so‘radi. U pensiyasi 920 000 so‘m etib belgilanganini, ammo ish haqi to‘liq hisoblanmagani sababli haqiqiy miqdordan ancha kam mablag‘ olayotganini ta’kidlagan. Fuqaro bu muammo bo‘yicha Zangiota tumani Pensiya bo‘limiga murojaat qilgan, ammo uning murojaati yuzaki o‘rganilib, rad etilgan.