Qabul davomida fuqarolar mehnat huquqlari, pensiya, mahkumlar huquqlari, uy-joy, firibgarlik va kredit munosabatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Qabulda fuqarolarning vajlari atroflicha tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi va vakolatga oidlari nazoratga olindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga olindi. Ularda ko‘tarilgan holatlar vakolat doirasida o‘rganilib, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






