Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, Pop tumani vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH), Mingbuloq tumani VSʼH, Namangan viloyati IIB VSʼH, 6-son tergov hibsxonasi, 6-son jazoni ijro etish koloniyasi, Namangan viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi, Mingbuloq va Pop tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorxonalar), Respublika ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazining Psixiatriya xizmati bo‘yicha Namangan viloyat filiali, Pop “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.