Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
11 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining Namangan shahar hududiy markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy ko‘makni yana-da kuchaytirishga qaratilgan.
Samarqanddagi manzil-koloniyada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
10 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 38-son manzil koloniyasida saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Xorazmdagi tergov hibsxonasida 361 nafar shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 11-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Navoiy viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
01 Apr
2026 yilning 30 mart — 1 aprel kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan Navoiy viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jarayonlarda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Ombudsman Jizzaxdagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha choralar belgilandi
01 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatning Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Paxtakor va G‘allaorol tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari, 29 va 30-sonli manzil-koloniyalar, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari, Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona, viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha filiali, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uylari (Jizzax va Zomin), mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlariga (Sharof Rashidov va Zomin) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Sirdaryo viloyatidagi yopiq muassasalarda o‘tkazilgan monitoringlarda ayrim kamchiliklar aniqlandi - Ombudsman
24 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Guliston shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH), 8-son tergov hibsxonasi (TH), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya bo‘yicha Sirdaryo viloyati filiali, Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonaga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Navoiy viloyatidagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi, murojaatlar qabul qilindi
19 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Sirdaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
17 Mar
2026 yil 17 mart kuni Sirdaryo viloyatidagi 8-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Toshkent viloyatidagi bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari o‘tkazildi
12 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Nurafshon shahri, Toshkent tumani va Chirchiq shahri IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH), Toshkent, Chirchiq va Bo‘ka tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorxona), Bo‘stonliq tumanidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, Chirchiq shahridagi 13-sonli jazoni ijro etish muassasasi, Olmaliq, Ohangaron shaharlari hamda Sergeli, Yangi Hayot, Ohangaron, Yuqori-Chirchiq, Zangiota, Bo‘ka tumanlaridagi 42-, 50-, 49-, 44-, 48-, 47-, 43 va 46-son manzil-koloniyalari hamda shartnoma obyektlari shuningdek, Zangiota tumanidagi 24-son tarbiya koloniyasi, Nurafshon shahrida joylashgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga, Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ayollar koloniyasida mahkumalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
05 Mar
2026 yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatidagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
03 Mar
2026 yilning 3 mart kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Toshkent shahridagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi, murojaatlar qabul qilindi
02 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.