Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsman Jenevada o‘tkazilayotgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda
30 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) joriy yilning 30 mart – 1 aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining navbatdagi umumiy yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda Mazkur nufuzli tadbir BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida BMTning Jenevadagi qarorgohida tashkil etilmoqda.
“Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Buxoroda zo‘ravonlikka uchragan 3 nafar ayolning murojaatlari o‘rganildi
27 Mar
“Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Buxoro viloyati hududiy markazida saqlanayotgan 3 nafar ayolning murojaatlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganildi.
Ombudsman Devoni xodimlari umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
14 Mar
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan umumxalq hasharida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganmoqda
13 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Ombudsman maktabi: hududlarda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi
11 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida hududlarda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Loyihaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, sayyor qabullar orqali ularning murojaatlari tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
10 Mar
Toshkent xalqaro taʼlim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokama qilindi
04 Mar
2026 yilning 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i Azizxon Umarxonov bilan uchrashdi.
Senat qo‘mitalari majlisida Ombudsman faoliyati va bola huquqlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
25 Fev
Joriy yilning 25-fevral kuni Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita majlisida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishlar sarhisob qilindi
25 Fev
Senatning Yoshlar, hotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.
Ombudsman maktabi: hududlarda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi
25 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Ahamiyatli tomoni, loyiha doirasida sayyor qabullar ham o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlarini tegishli idoralar ishtirokida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili saylandi
24 Fev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ni saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchilari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
23 Fev
2026 yil 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devon binosiga O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Inson huquqlariga oid halqaro huquq” magistraturasi tinglovchilari tashrif buyurishdi.