Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman xususiy korxonalarda ishga jalb qilingan mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
21 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nafaqat jazoni ijro etish muassasalarida, balki mahkumlar ishga jalb etilgan xususiy tadbirkorlik subyektlaridagi sharoitlarni ham o‘rganmoqda.
Tojikistondagi Inson huquqlari maktabida O‘zbekiston Ombudsmani vakili ishtirok etdi
18 Iyu
2025 yil 15-18 iyul kunlari Tojikistonning Guliston shahrida “Inson huquqlari bo‘yicha yozgi maktab” tashkil etildi. Ushbu xalqaro tadbir Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni tomonidan YEXHTning Dushanbedagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida tashkil etildi.
Fuqarolar murojaatlari  joyiga chiqib o‘rganilmoqda
17 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) yo‘llangan murojaatlar ularga aniqlik kiritish va qo‘shimcha maʼlumotlarga ega bo‘lish maqsadida uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ombudsman o‘rinbosari qabuli: fuqarolar murojaati eshitildi
15 Iyu
2025 yil 15 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosarining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Fuqaroning erkin harakatlanish huquqi tiklandi
15 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro O.Y. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Respublikamizdagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
14 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan navbatdagi monitoring tashriflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan jazoni ijro etish koloniyalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, tibbiyot punktlari, internat uylari hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda amalga oshirildi.
Yopiq muassasalarda inson qadri: Sirdaryodagi tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi o‘tkazildi
10 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili 8-sonli Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoring doirasida qator intellektual va targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi. Bu esa yopiq muassasalarda ham inson qadrini taʼminlash, voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish va qonunchilikka oid bilimlarni oshirishga xizmat qilmoqda.
Chekka hududlarda kompleks yondashuv: Ombudsman maktabi doirasida tibbiy ko‘rik, sayyor qabul va yoshlar to‘garaklari namoyishi o‘tkazildi
09 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbirJalaquduq tumanidagi “Uzunko‘cha” mahallada joylashgan 37-sonli umumtaʼlim maktabida o‘tkazildi.
Ombudsman maktabi: aholi murojaatlari tahlili asosida chekka hududlarda huquqiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi
07 Iyu
Maʼlumki, “Ombudsman maktabi” loyihasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni joylarda o‘rganish va huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Loyihaning eng muhim jihati shundaki, mavzular Ombudsmanga kelib tushayotgan real murojaatlar tahlili asosida tanlanadi.