Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoroning chekka hududida yashaydigan Olotlik fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi
25 Mar
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022-yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 25-mart kuni viloyatning chekka hududlaridan biri hisoblangan Olot tumanidagi “Xalifa”, “Bunyodkor”, “Ma’rifat” va “Xalqobod” MFYlarida o‘tkazildi.  
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi
25 Mar
Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-kurs talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu sayyor o‘quv mashg‘ulotida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatidagi bo‘lim va sektorlarning masʼul vakillari tinglovchilarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirishdi.
Andijonning chekka hududida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
25 Mar
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022 yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul viloyatning Ulug‘nor tumani, “Mingbuloq” MFYda o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istondagi 27-son manzil-koloniyasidagi 47 nafar mahkumga statsionar davo muolajalari buyurildi – Ombudsman
20 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili 27-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi masʼul vakillari ham ishtirok etishdi.
Pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
19 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Toshkent shahridan fuqaro T.M. yoshga doir pensiya miqdoridan norozi bo‘lib, uni qonun hujjatlari talablariga muvofiq qayta hisoblab chiqilishida yordam so‘rab murojaat qildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Samarqandning chekka hududida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
18 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Buxoro, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida maktab o‘quvchilarining Konstitutsiyaga oid bilimlari yanada mustahkamlandi
18 Mar
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xivadagi nogironligi bo‘lgan erkaklar “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlari o‘rganildi
16 Mar
Joriy yilning 16-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov tashabbusi bilan Xiva “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda “Demokratiya va inson huquqlari instituti” vakillari ham ishtirok etishdi.
Ombudsman boshchiligida Qashqadaryodagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
16 Mar
Davlat rahbarining 2021-yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.