Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2025 yil 27 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarga oid murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning baʼzilariga huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga doirlari esa nazoratga olinib, o‘rganishga kirishildi. Fuqarolar muammolarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga va hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati