2025 yil 2 dekabr kuni Olmazor tumanidagi 100-sonli tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan mazkur saralashda 50 nafariga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Ular huquq sohasiga oid 30 ta test savoliga javob berib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar o‘quvchi finalga chiqdi. Ular “Huquq bilimdoni” viktorinasining 2-bosqichida — final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, viktorinaning birinchi bosqichi yaqin kunlarda yana ikki ta’lim muassasasida — Angren shahridagi 34-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Qo‘qon shahridagi 9-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






