Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolik jamiyati haftaligi boshlandi
2025 yilning 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sohasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va sohani yana-da rivojlanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun muloqot maydoni – “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ga start berildi.

Parlament aʼzolari, Ombudsman, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xorijiy ekspertlar ishtirok etayotgan Haftalik dastlab, fuqarolik jamiyatining 1500 nafardan ortiq vakillarini jalb etgan holda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilib, saralangan taklif va tashabbuslar asosida bugun poytaxtda start oldi.

Haftalik doirasida NNT milliy forumi, ochiq muloqotlar, xalqaro konferensiyalar, aksiyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, soha faollarini rag‘batlantirish maqsadida “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti va bir qator ko‘krak nishonlari topshirilishi belgilangan.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining muhim tashabbuslarini moliyalashtirish maqsadida “Maqsadli loyihalar” aksiyasi ham uyushtiriladi. Bu mexanizm orqali ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarning qamrovini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Dolzarb yangiliklar
Yangiliklar kategoriyalari