2024-yilning 27-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti bilan birgalikda Sirdaryo tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yaqinlarining shirin diydoriga muhtoj yurtdoshlarimiz yuziga ozgina bo‘lsada tabassum ulashish, ularning doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishiga hissa qo‘shish va albatta ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdan iborat.