Yig‘ilishda Armeniya, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari insonning toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqi, sunʼiy intellektdan foydalanish kontekstida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zamonaviy muammolar, yoshlar huquqlarini taʼminlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq masala ko‘rib chiqildi.
Tadbirda F.Eshmatova MDHga aʼzo davlatlarda yoshlar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan tahlil natijalarini taqdimot qildi. Xususan, maʼruzada aholining eng yirik qatlamlaridan biri bo‘lgan yoshlarning taʼlim, bandlik va sog‘liqni saqlashga oid imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yoshlar huquqlarini taʼminlanishini yana-da kuchaytirish maqsadida qator takliflar bildirildi, jumladan bu borada davlatlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni va keng hamkorlikni amalga oshirish muhimligini taʼkidlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur doiradagi hamkorlik natijasida joriy yilning oktyabr oyida Ombudsmanning Moskva shahriga tashrifi doirasida hamyurtlarimiz bilan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida fuqarolar bilan qabul uyushtirilib, murojaatlari o‘rganilgan edi. Qabulda shuningdek Rossiya Federatsiyasi Ombudsmani hamda RFning turli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etishgan edi. Mazkur qabulda O‘zbekistonlik talaba yeshlar ular taʼlim olayotgan muassasa tomonidan ularning huquqlari buzilayotgani bo‘yicha murojaat qilishgan edi.
Komissiya yig‘ilishida MDH Inson huquqlari komissiyasiga bugungi kunda raislik etuvchi, Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakili T.Moskalkova inson huquqlari yo‘nalishidagi hamkorlik natijasida Rossiya Federatsiyasida taʼlim olayotgan 50nafarga yaqin o‘zbek talabalarining huquqlari taʼlim muassasasi maʼmuriyatining loqaydligi oqibatida buzilganligi, bugungi kunda talabalarning murojaati ijobiy hal etilganligini qayd etdi. Komissiya raisi taʼkidlagan ushbu holat MDH doirasidagi samarali hamkorlikning amaliy natijasi sifatida eʼtirof etildi. Yig‘ilishda ushbu tajriba inson huquqlarini himoya qilishda milliy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va tezkor axborot almashinuvi qanchalik muhim ekanini yana bir bor namoyon etgani qayd etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






