Darslar Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Xorazm viloyatining Shovot va Tuproqqal‘a tumanlaridagi 26, 20, 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 27-sonli umumta’lim maktabi, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 80-sonli maktab, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 43 va 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Andijon shahridagi 47, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi 25, 42 hamda 44-sonli maktablari, Zomin tumanidagi 1, 75 hamda 35-sonli maktablari, Arnasoy tumanidagi 1, 8 hamda 20-sonli maktablari, Baxmal tumanidagi 1, 5 hamda 6-sonli maktablari, Namangan viloyati Chust tumanidagi 26, 28 hamda 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi va 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlaridagi 10 va 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazildi.
Darslar jonli muloqot asosida o‘tdi. Unda yuqori sinf o‘quvchilari raqamli muhitda o‘zini himoya qilish, kiberbullingdan saqlanish usullari, insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari, majburiyatlari haqida sodda va hayotiy misollar orqali tushunchaga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘quvchilar atrof-muhitni asrash haqida videomateriallarni ko‘rib, mutaxassislar bilan birgalikda fikr almashdilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






