Toshkent viloyatidagi 34-sonli tayanch-harakat a’zolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon shahrida joylashgan 9-sonli tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan test sinovlarida 40 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. 9–11-sinf o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan 6 nafar yosh huquq bilimdonlari 2-bosqich — finalga yo‘llanma oldilar.
Umumiy hisobda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan birinchi bosqich yakuniga ko‘ra jami 9 nafar o‘quvchi finalga chiqdi.
Ushbu viktorinaning asosiy maqsadi — nogironligi bor bolalarda huquqiy bilimlarni kengaytirish, huquqiy ongni shakllantirish, shu orqali ularning o‘z huquqlarini anglash va turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Viktorinaning final bosqichi yaqin kunlarda o‘tkazilib, g‘oliblar haqidagi ma’lumotlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Press-xizmati






