Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Konstitutsiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy kafolati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
2025 yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy kafolati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Ombudsman, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Odil sudlov akademiyasi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Bolgariya, Vengriya, Hindiston va boshqa davlatlardan etakchi huquqshunos olimlar ham anjuman mehmoni bo‘ldi.

Konferensiyada yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va ular doirasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar yuzasidan milliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Tashkil etilgan xalqaro anjuman konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquqlari va demokratik institutlarni mustahkamlash borasida ilmiy xulosalar shakllantirish, fikr almashish va amaliy takliflar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.