Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Sirdaryodagi 40-son manzil-koloniyasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari qurib berildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 40-son manzil-koloniyasida o‘tkazilgan monitoring tashriflarida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari mavjud emasligi aniqlangan edi.

Mahkumlarning oila a’zolari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari muassasa hududida emas, balki “Chortoq” mahallasidagi fuqarolarning turar-joylarida o‘tkazib kelinayotgan edi. Ushbu xonadonlarda yashash sharoitlarining yaxshi emasligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmagani sababli, uzoq muddatli uchrashuv xonalarini qurish tavsiya qilingan edi.
Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Guliston tuman hokimligi hamda IIV Jazoni ijro etish departamenti tomonidan zarur mablag‘lar ajratilgan. Natijada, manzil-koloniya hududida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy 11 ta uzoq muddatli uchrashuv xonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.