Shuningdek, dolzarb mavzular bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarga zamonaviy tahdidlar, xususan, kiberjinoyatchilikning oldini olish, internetda xavfsizlik qoidalari, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalar atroflicha yoritildi. Mutaxassislar hayotiy misollar asosida amaliy tavsiyalar berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
Tadbirda 250 nafardan ortiq yosh qamrab olindi. Muloqot chog‘ida yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim, bandlik va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga doir imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, bu sohadagi huquqiy asoslar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






