Oramizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin maʼnaviyati yuksak, ruhi esa juda kuchli va matonatli. Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ishlash, taʼlim darajasini oshirish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Hozirgi paytda ularning soni jahon miqyosida tahminan 1 milliard nafarni tashkil etadi. Aksariyat hollarda ular kamsitish va “qo‘li kaltalik”dan aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi eng katta masʼuliyat davlat zimmasiga tushadi.