Monitoring o‘tkazilgan kunda ushbu vaqtincha saqlash hibsxonasida 5 nafar shaxs saqlanayotganligi aniqlandi. Saqlanayotganlar orasida 2 nafar ayollar hamda 1 nafar voyaga yetmaganlar bor.
Monitoring tashrifi davomida hibsxonada saqlanayotgan barcha shaxslar bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida gumonlanuvchilar hibsxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligi, ularga nisbatan noqonuniy harakatlar yoki qiynoqlar bo‘lmaganligini bildirdi.
Tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalarni ko‘zdan kechirish jarayonida, bu toifadagi xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani maʼlum bo‘ldi.
Hibsxonadagi advokat bilan uchrashuv xonalari kameradan holi bo‘lib, advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotganlar bilan moneliksiz uchrashayotganliklari aniqlandi.
Muassasadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda mahbuslarga taomnomaga muvofiq 3 mahal ovqat berilayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Muassasada tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori-darmonlar mavjud. Shuningdek, gumonlanuvchilarni toza havoda sayr qildirish uchun maxsus saylgoh tashkil qilingan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati