Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sud jarayonlarida videomateriallar bo‘yicha ko‘rsatmalar olindi
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni 4 yanvardan boshlangan.

Sudda guvoh va fuqaroviy daʼvogarlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat idoralari vakillarining ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar bilan solishtirildi.

Sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari ishtirok etishmoqda. Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.