Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili mahkumlar sharoitini o‘rgandi
28 Fev
Joriy yilning 19 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi 38-sonli Manzil-koloniyasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan mahkumlarning sharoitlari bilan tanishdi.
Ombudsmanning 27 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir tafsilotlari: ekspertlar fikri
25 Fev
Xabaringiz bor, joriy yilning 23 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining 27 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya tashkil etildi. “Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy qadriyati va muhim mezonidir” mavzusida o‘tkazilan xalqaro tadbirda ko‘plab xalqaro va mahalliy ekspertlar, xorijiy davlat Ombudsmanlari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotganlar murojaatlarini o‘rgandi
24 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili mahbuslarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida hududdagi 4-son tergov hibsxonasiga tashrif amalga oshirdi.
Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy qadriyati va muhim mezonidir
23 Fev
2022 yilning 23 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutining 27 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy qadriyati va muhim mezonidir” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Bolalar Ombudsmani onalik huquqidan mahrum bo‘lgan fuqaro murojaatini nazoratga oldi
22 Fev
Ayol borki, olam munavvar. U mehribon uy bekasi, xonadon charog‘boni bo‘lishi bilan bir qatorda kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni dunyoga keltiruvchi ona hamdir.
Hurmatli murojaatchi,
22 Fev
Hozirda www.ombudsman.uz saytida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi Yagona axborot tizimi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu  sababli www.ombudsman.uz saytining bosh sahifasidagi “Internet qabulxona” xizmatining ishga tushish muddati uzaytirilgan. Hozirda bu boradagi ishlar yakunlanish arafasida.
21 Fev
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida “Bola huquqlari: tug‘ilganlikni qayd etishning milliy va xalqaro amaliyoti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakiliga mahkumlardan qanday murojaat kelib tushdi?
18 Fev
2022 yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shahridagi  2- va 3- sonli jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.  
Toshkentda “Demokratlashtirish, faol fuqarolik jamiyati va inson huquqlari ustuvorligi” mavzusida xalqaro munozara klubi tashkil etildi
17 Fev
2022 yilning 17 fevral kuni Toshkent shahri Markaziy Osiyo davlatlarining “aql markazlari”, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va xalqaro ekspertlar uchun muloqot maydoniga aylandi. Ushbu muloqot maydonida qator davlat organlari vakillari bilan bir qatorda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ham ishtirok etdi. Shu kuni Xalqaro munozara klubining “Demokratlashtirish, faol fuqarolik jamiyati va inson huquqlari ustuvorligi” mavzusida navbatdagi sessiyasi tashkil etildi.